«Liverpul» Salohning o'rnini bosadigan futbolchi uchun 100 mln evrodan ortiq taklif tayyorlamoqda

Frantsiyaning «PSJ» klubi vingeri Bredli Barkola «Liverpul»ning yozgi transfer oynasidagi asosiy nishoni bo'lib turibdi. 23 yoshli futbolchi jamoani tark etgan misrlik Muhammad Salohning o'rnini bosuvchi nomzod sifatida ko'rib chiqilmoqda.
Insayder Nikolo Skiraning ijtimoiy tarmoqlardagi ma'lumotiga ko'ra, ingliz top-klubi parijliklarga «PSJ» a'zosi Barkolya transferi bo'yicha taklif tayyorlamoqda. «Qizillar» futbolchi uchun 100 million evrodan ortiq to'lashga tayyor.
Bredli 2023 yilning yozidan beri «PSJ» sharafini himoya qilib kelmoqda. Frantsiyalik futbolchining transfer qiymati 90 million evroga baholanmoqda. Uning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar