"Liverpul" skautlari "Bornmut" qanot hujumchisi Antuan Semeno va "Nyukasl" vingeri Entoni Gordonning o'yin sifatlariga yuqori baho bermoqda. Mersisaydliklar 33 yoshli Muhammad Salohning klubdagi kelajagiga shubha qilgani uchun bu futbolchilarga qiziqishni kuchaytirgan. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "qizillar" Semeno va Gordonning jarima maydoniga kira olishi, shuningdek, hujumda bir necha pozitsiyada o'ynay olishini qadrlashadi.

Joriy mavsumda Semeno barcha musobaqalarda to'qqizta o'yinda maydonga tushib, oltita gol va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Gordon barcha musobaqalarda 10 ta o'yin o'tkazib, to'rtta gol urdi va bir golli uzatmani amalga oshirdi.