"Liverpul" kelasi yozda jamoa yulduzi Muhammad Salohning ketishini kutmoqda.

BayernSpace xabariga ko'ra, "qizillar" misrlik futbolchi o'rniga "Bavariya"dan Maykl Oliseni ideal o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.

Ular futbolchining myunxenliklar bilan shartnomasidagi tovon pulini faollashtirishga tayyor.

Manbaning qo'shimcha qilishicha, hozirda Transfermarkt 100 mln evroga baholayotgan 23 yoshli frantsuzni "Manchester Siti" va "Chelsi" ham qo'lga kiritishni istamoqda.