"Bornmut" vingeri Antuan Semeno faoliyatini "Liverpul"da davom ettirishi mumkin.

Express nashrining ta'kidlashicha, "Liverpul" Semenoni Muhammad Salohga ideal o'rinbosar deb hisoblamoqda, chunki u qishki transfer oynasidayoq jamoani tark etishi mumkin. Semenoning shartnomasida 68,4 mln evro tovon puli bor.

Joriy mavsumda 25 yoshli Semeno Angliya premer-ligasida 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Hujumchining "Bornmut" bilan shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo'ljallangan.