"Liverpul" "Real", "Manchester Siti" va "Milan" klublari sobiq hujumchisi Robinoning o'g'li kichik Robinoni kuzatib bormoqda. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Kichik Robino 17 yoshda. Tez orada u hozirda Neymar o'ynayotgan "Santos" kattalar jamoasida debyut qilishi kutilmoqda.

Manbalarga ko'ra, "Liverpul" kichik Robinoga qiziqish bildirayotgan yagona ingliz klubi emas. Janubiy amerikalik skautlar jamoasi orqali futbolchini "Chelsi" kuzatib bormoqda.