"Liverpul" rekordni yangilashi mumkin

"Liverpul" yozgi transfer oynasining so'nggi kunida yana ikkita yirik xaridni amalga oshirishi mumkin.
"Qizillar" "Nyukasl" hujumchisi Aleksandr Isakni 150 million evro evaziga sotib olish bo'yicha kelishuvga erishdi, bundan tashqari "Kristal Pelas" himoyachisi Mark Gexini 40 million evrodan ko'proq pul evaziga jalb qilmoqchi.
Bu "Liverpul"ni bir transfer oynasida o'yinchilarga xarajat qilish bo'yicha rekordni yangilashga yordam beradi, Isak va Gexining narxi 500 million evrodan oshadi.
Hozirda "Liverpul" yangi xaridlar uchun 340 million evro sarfladi.