Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga faoliyatini "Liverpul"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda CaughtOffside xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "Liverpul" joriy mavsumda atigi 4 marta asosiy tarkibda maydonga tushgan 23 yoshli frantsiyalik xavbek uchun "Real"ga qariyb 60 million evro berishga tayyor.

Kamavinga joriy mavsumda barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Yarim himoyachining "Real" bilan mehnat shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt mutaxassislari futbolchining narxini 50 million evroga baholamoqda.