"Liverpul" "Real" yulduzi bilan bog'liq vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda

Angliyaning "Liverpul" klubi "Real" markaziy yarim himoyachisi Eduardo Kamavingaga qiziqish bildirmoqda.
Jurnalist Grem Beyli xabariga ko'ra, agarda "qirollik klubi" 23 yoshli frantsuzni sotishga qaror qilsa, "qizillar" kelasi yozda 60-70 million evrolik taklif bilan chiqishga tayyor.
Kamavinga joriy mavsumda umumiy 15 ta o'yinda 2 ta gol urib, 1 ta golli uzatma berdi.