"Liverpul" Rafinyani nishonga oldi

OAVda yozilishicha, "Liverpul" "Barselona" vingeri Rafinyani o'z safiga qo'shib olishni istagan.
"Qizillar" kataloniyaliklar yulduzini yozda jamoani tark etishi mumkin bo'lgan Muhammad Salohga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Ta'kidlanishicha, ingliz grandi Rafinya uchun 100 mln evro to'lashga tayyor. Vingerning mehnat shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan.
Rafinya joriy mavsum "Barselona" safida 7 ta o'yin o'tkazdi. Ularda futbolchi 3 ta gol urib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.