"Liverpul" barcha musobaqalarda mag'lubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda.

Angliya Premer-ligasining 18-turida Arne Slot jamoasi "Vulverxempton" ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Shu tariqa mersisaydliklarning mag'lubiyatsiz seriyasi ettita uchrashuvga etdi. Oxirgi marta "qizillar" 26 noyabr kuni PSVga 1:4 hisobida mag'lub bo'lgandi.

Shundan so'ng, "Liverpul" 5 g'alaba va 2 durang qayd etdi. Jamoa keyingi o'yinini 1 yanvar kuni o'tkazadi - "Liverpul"ning raqibi "Lids" bo'ladi.