"Liverpul" barcha musobaqalarda ketma-ket 8 ta o'yinda yutqazmayapti.

Kecha mersisaydliklar APLning 19-turida "Lids" bilan durang o'ynadi (0:0).

Barcha turnirlardagi so'nggi sakkizta o'yinda Arne Slot jamoasi 5 ta g'alaba va uchta durang qayd etdi. "Liverpul" so'nggi marta 26 noyabr kuni Chempionlar Ligasi umumiy bosqichida PSVga mag'lub bo'lgandi (1:4).

4 yanvar kuni "Liverpul" safarda "Fulxem" mehmoni bo'ladi.