«Liverpul» «PSJ» yulduzi uchun katta summa taklif qildi

«PSJ» vingeri Bredli Barkolya APLga o'tib ketishi mumkin. Bu haqda Ekrem Konur xabar bermoqda.
O'yinchiga uchta top-klub da'vogarlik qilmoqda. Xususan, «Arsenal», «Liverpul» va «Manchester Yunayted» Barkolyani sotib olmoqchi. Klublar 80 million evro miqdoridagi ilk takliflarini berishdi. Ammo «PSJ» 150 million evro olishni rejalashtirmoqda.
Bredli Barkolya o'tgan mavsumda «PSJ»ga beshta sovrinni qo'lga kiritishda yordam berdi. Parijliklar «Lans», «Lill» va «Lion»ni ortda qoldirib, Liga 1da zafar quchishdi, Liga chempionlarida g'olib chiqishdi, shuningdek, Evropa Superkubogi, Frantsiya Superkubogi va Qit'alararo kubokni qo'lga kiritishdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar