«Pari Sen-Jermen» vingeri Bredli Barkola «Liverpul» a'zosiga aylanishi mumkin. Bu ma'lumot bilan jurnalist Ekrem Konur bo'lishmoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, Angliya top-klubi futbolchi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Mish-mishlarga ishonadigan bo'lsak, frantsiyalik futbolchi taxminan 90 million evroga sotilishi mumkin.

Ta'kidlanishicha, agar jamoani niderlandiyalik Kodi Gakpo tark etsa, «Liverpul» hujumchini sotib olish harakatiga tushadi. Bundan oldinroq «Arsenal» «PSJ»ga Barkola transferi bo'yicha taklif yuborishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi.

Ortda qolgan mavsumda 23 yoshli vinger barcha turnirlarda 49 ta o'yinda maydonga tushdi, 13 ta gol urdi va ettita golli uzatma muallifiga aylandi.

Manba: Stadion.uz