Lissabonning «Sporting» klubi hujumkor yarim himoyachisi Fransishku Trinkan «Liverpul»ning qiziqishlari doirasiga tushdi.

26 yoshli futbolchiga yaqindagina Ruben Amorimni bosh murabbiy etib tayinlaganini e'lon qilgan «Milan» klubi ham da'vogarlik qilmoqda. Transfer News Live nashrining Correio da Manhã'ga tayanib xabar berishicha, Angliya grandi ham Portugaliya terma jamoasi o'yinchisi uchun kurashga qo'shilgan.

Fransishku Trinkaning shartnomasida 60 million evro miqdorida tovon puli ko'rsatilgan, biroq «Sporting» katta ehtimol bilan biroz kamroq — taxminan 50 million evro talab qiladi. Hozircha na «Milan» va na «Liverpul» Lissabon klubi yulduzi bo'yicha rasmiy taklif bilan chiqqani yo'q.

Manba: Stadion.uz