"Liverpul" "Portu" hujumchisini 100 mln evroga sotib olishi mumkin

Mersisaydliklar Bredli Barkolaning jamoaga kelganiga qaramay, 20 yoshli futbolchini Mohamed Salohga o'rinbosar sifatida ko'rishmoqda. Bu haqda A Bola nashri xabar beradi.
Joriy mavsumda Gomes barcha musobaqalarda 10 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2031 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, o'yinchining bozor qiymati 30 mln evroni tashkil etadi.
Kommentariyalar