“Liverpul” Oliseni sotib olmoqchi

"Liverpul" o'z tarkibini kuchaytirish uchun sarmoya kiritadi, deya xabar beradi Caught Offside.
Manba bergan xabarga ko'ra, mersisaydliklar 33 yoshli vinger Muhammad Salohning o'rniga uzoq muddatga nomzod sifatida ko'rilayotgan 23 yoshli "Bavariya" vingeri Maylk Olisega qiziqish bildirmoqda.
Ta'kidlanishicha, nemis grandlari frantsiyalik futbolchi uchun 87 million funt sterling (100 million evro) talab qilishlari mumkin.
Olise 2024 yilning yozida "Kristal Pelas"dan “Bavariya” safiga kelib qo'shilgan edi. Bu davrda hujumchi barcha musobaqalarda 59ta o'yinda qatnashib, 24ta gol urdi va 23ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.Transfermarkt portalida berilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 100 million evroni tashkil qiladi.