"Liverpul" Olise uchun juda katta mablag' sarflashga tayyorlanmoqda

"Liverpul" jamoa yulduzi Muhammad Salohning o'rniga "Bavariya"dan Maykl Oliseni sotib olish uchun katta pul tayyorlamoqda.
Fichajes.net nashri tarqatgan xabarga ko'ra aynan Frantsiya terma jamoasi vingeri afsonaviy misrlik futbolchi uchun ideal o'rinbosar sifatida ko'rilmoqda.
"Liverpul" uchun Olise hozir va kelajak uchun juda muhim transfer bo'lishi mumkin. Bu o'yinchi hujum uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olishga va yangi sport bosqichida loyihani qo'llab-quvvatlashga qodir.
Qayd etilishicha, "Bavariya"ning etakchi futbolchisi uchun Angliya chempioni 200 mln evro to'lashga tayyor.