"Liverpul" o'ziga tushgan taklifni rad etdi

"Liverpul" vingeri Federiko Kezani qo'yib yuborishdan bosh tortdi.
"Beshiktosh" italiyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olishga qiziqqan edi, Turkiyada transfer oynasi yopilishidan oldin so'nggi kunlarda 27 yoshli futbolchini qo'lga kiritishni rejalashtirgandi. Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, Istanbul klubi futbolchi uchun taklif bilan chiqqan, biroq “qizillar” uni rad etishgan.
Federiko Kezaning "Liverpul" bilan shartnomasi 2028 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.