"Liverpul" chap qanot himoyachisi Kostas Tsimikasni ijaraga berish variantini ma'qulladi. 29 yoshli futbolchiga "Roma" qiziqish bildirmoqda. Jurnalist Fabritsio Romanoning yozishicha, chorshanba kuni kechqurun "qizillar" vakillari rimliklarga grekni sotib olish majburiyatisiz ijaraga olishlari mumkinligi haqida ma'lum qilishgan. "Bo'rilar" rahbariyati kelishuvga to'laqonli transfer variantini qo'shmoqchi.

Kostas Tsimikasning o'zi "Roma"ga o'tishni istaydi, chunki "Liverpul"ni boshqarayotgan Arne Slotning rejalariga kirmaydi. Lateralning amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan bo'lib, uning qiymati Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, 18 mln evroni tashkil etadi.