"Liverpul" o'z futbolchisi kelajakda "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishiga ishonmoqda

«Liverpul» o'tgan yilning yozida klubga kelib qo'shilgan Florian Virtsga katta umidlarni bog'lamoqda. «Qizillar» futbolchi uchun «Bayer»ga 125 million evro to'lashgan edi, biroq u Angliyada darhol o'z o'rnini topib keta olmadi. TEAMtalk ma'lumotlariga ko'ra, «Liverpul»ning yuqori martabali rahbarlari Virtsda nafaqat jamoaning ko'p yillik etakchisini, balki kelajakda «Oltin to'p» uchun kurasha oladigan dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan birini ko'rishmoqda.
Florian Virtsning mersisaydliklar bilan shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan. Arne Slot jamoasining joriy mavsumdagi 37 ta o'yinida 22 yoshli hujumkor yarim himoyachi oltita gol urdi va sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi.