"Liverpul" noyabr oyidan buyon mag'lub bo'lmayapti

"Liverpul" mag'lubiyatsiz seriyasini 9 o'yinga etkazdi.
Arne Slot jamoasi bugun APLning 20-turida "Fulxem"ga (2:2) qarshi bahs olib bordi.
Mersisaydliklar so'nggi bor 26 noyabr kuni Chempionlar ligasida PSVga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi. O'shandan beri ularning hisobida beshta g'alaba va to'rtta durang bor.
8 yanvar kuni "Liverpul" safarda APL peshqadami "Arsenal" bilan kuch sinashadi.
