«Liverpul» klubiga yaqindagina kelib qo'shilgan markaziy himoyachi Jeremi Jake o'zining sog'lig'i borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Eslatib o'tamiz, mart oyining boshida 20 yoshli frantsiyalik futbolchi «Renn» safida to'p surayotgan vaqtida elkasidan jarohat olgan edi.

«O'zimni ancha yaxshi his qilyapman va mavsum oldi tayyorgarlik boshlanishiga 100 foiz tayyor bo'laman, chunki men belgilangan grafikdan biroz oldinda ketmoqdaman. Agar mehnat qilishda davom etsam, mavsum boshlanishiga juda yaxshi sport formasida bo'laman», — deya Jakening so'zlaridan iqtibos keltirmoqda «qizillar» matbuot xizmati.

Frantsiyalik futbolchi mersisaydliklar safida Angliya Premer-ligasida 23 avgust kuni debyut qilishi mumkin. Ichki chempionat yangi mavsumining birinchi turi doirasida «Liverpul» «Nyukasl»ga qarshi maydonga tushadi.

Manba: Stadion.uz