“Liverpul”ning sobiq yarim himoyachisi Bobbi Klark faoliyatini “Seltik”da davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi The Times nashri.

Manbaga ko'ra, kelishuv qiymati taxminan 7 million evroni tashkil etadi. 20 yoshli futbolchi hozirda Avstriyaning “Zaltsburg” klubiga tegishli.

Ammo u mavsumni Chempioship vakili “Derbi Kaunti”da ijara asosida boshladi. “Echkilar” safida 10 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.