"Liverpul"ning Slot bo'yicha rejalari ma'lum

"Manchester Siti"dan uchralgan sharmandali mag'lubiyatga (3:0) qaramay, "Liverpul" bosh murabbiy Arne Slotni iste'foga chiqarishni rejalashtirmayapti.
"Qizillar" Angliya Premer-ligasi (APL) doirasidagi so'nggi 10 o'yinda 7 marta mag'lubiyatga uchradi.
Insayder Fabritsio Romanoning ta'kidlashicha, "Liverpul" rahbariyati Slotni qo'llab-quvvatlashda davom etmoqda va uning jamoa murabbiyi sifatidagi imkoniyatlariga ishonmoqda.
Shuningdek, Romanoning qo'shimcha qilishicha, "Liverpul" boshqa murabbiylar bilan muzokara o'tkazmayapti.
O'n bir turdan so'ng jamoa Angliya chempionati turnir jadvalida sakkizinchi o'rinni egallab turibdi.