"Liverpul"ning qimmatbaho futbolchisi o'zini ko'rsata olmayapti

Florian Virts Premer-ligada oltita o'yinda golli harakatlarda ishtirok eta olmadi.
Kecha nemis yarim himoyachisi "Liverpul" safida APLning 6-turida "Kristal Pelas"ga qarshi o'yinda (1:2) maydonga tushdi. U 74 daqiqa o'ynadi va gol ura olmadi.
Virts shu yozda 136 million evro evaziga “Bayer”dan “Liverpul”ga o'tgan edi.