«Liverpul»ning potentsial egalari Vinisius va Oliseni xarid qilmoqchi

Britan-hind biznesmeni Amit Bxatiya (sobiq «Kuinz Park Reyndjers» egasi) tomonidan o'z oilasi ko'magida va Amazon asoschisi Jeff Bezos ishtirokida tuzilgan «Liverpul»ning potentsial egalari konsortsiumi klubni rivojlantirish bo'yicha ulkan rejalarini belgilab oldi.
Indykaila News nashrining ijtimoiy tarmoqda xabar berishicha, investorlarning maqsadi — «Liverpul»ni jahon futbolining bosh klubiga aylantirish. Buning uchun ular keng ko'lamli transfer kampaniyasini o'tkazish niyatida. Konsortsiumning asosiy nishonlari top-o'yinchilar — Madridning «Real» klubidan Vinisius Junior hamda «Bavariya»dan Maykl Olise bo'ldi.
Oldinroq «Liverpul»ga egalik qiluvchi Amerikaning Fenway Sports Group investitsiya kompaniyasi rahbariyati klubdagi minoritar ulushni sotish bo'yicha muzokaralar olib borayotgani haqida xabar berilgan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar