"Liverpul"ning muhim futbolchisi safga qaytadi

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot "Lids"ga qarshi APL safar o'yini oldidan futbolchilarning holati haqida gapirib, asosiy e'tiborni Konnor Bredlining safga qaytganiga qaratdi.
"Konor Bredli shu haftada mashg'ulot o'tkazdi, u bugun ham maydonga tushadi va ertaga bo'lib o'tadigan o'yin qaydnomasiga kiritilishi mumkin, deb o'ylayman", - dedi Slot matbuot anjumanida.
Shu bilan birga, niderlandiyalik murabbiy Jo Gomes "Vest Xem"ga qarshi o'yinda (1:1) kichik jarohat olganini va uchrashuvni oxirigacha o'ynay olmaganini, ammo mashg'ulotlarda ishtirok eta olishini ma'lum qildi.