"Liverpul"ning himoya etakchilaridan biri tekinga jamoadan ketish bo'yicha qaror qabul qildi

Frantsiyalik himoyachi Ibraima Konate "Liverpul"dagi kelajagi borasida bir qarorga keldi. Diario AS jurnalistlariga ma'lum bo'lishicha, 26 yoshli futbolchi mersisaydliklarni erkin agent sifatida tark etishga qaror qilgan. Uning mehnat shartnomasi 2026 yilning yozida tugaydi.
Frantsiyalik futbolchiga da'vogarlar orasida Madridning "Real" va Myunxenning "Bavariya" klublari tilga olingan.
Ibraima "qizillar" safida 2021 yilning yozidan buyon to'p tepib kelmoqda. Himoyachining bozor narxi 55 million evroga baholanmoqda.
Konate Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 11 ta o'yin o'tkazib, 2 ta sariq kartochka oldi.