"Liverpul" Angliya Premer-ligasida ilk mag'lubiyatini qabul qildi.

Arne Slot shogirdlari 6-turda “Kristal Pelas”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

"Burgutlar" mersisaydliklarning etti o'yinlik g'alabali seriyasini tugatdi.

“Liverpul” 30 sentyabr kuni “Galatasaroy”, 4 oktyabr kuni “Chelsi” va 19 oktyabr kuni “Manchester Yunayted” bilan o'ynaydi.