«Liverpul» «PSJ» vingeri Bredli Barkolyani o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Frantsiyalik vinger «qizillar»ning joriy transfer oynasidagi asosiy nishoni hisoblanadi. Oldinroq «PSJ» Barkolya uchun kamida 150 million evro talab qilayotgani haqida xabar berilgan edi.

O'tgan mavsumda Bredli Barkolya «PSJ» tarkibida beshta sovrinni qo'lga kiritdi. Vinger parijliklarga «Lans», «Lill» va «Lion»ni ortda qoldirib, Liga 1da oltin medallarni qo'lga kiritishga yordam berdi. Shuningdek, «PSJ» Chempionlar Ligasi, Qit'alararo kubok, Evropa Superkubogi va Frantsiya Superkubogida zafar kuchdi.

Manba: Stadion.uz