«Liverpul» klubi yaqin yillar ichida uy uchrashuvlari uchun chiptalar narxini oshirish borasidagi rejalariga o'zgartirish kiritilganini e'lon qildi.

Avvalroq klub kelasi mavsumdan boshlab chiptalar narxini 3 foizga oshirishni, shuningdek, 2027/28 va 2028/29 yilgi mavsumlarda inflyatsiyaga qarab narxlarni yanada ko'tarishni rejalashtirgan edi. Ushbu qaror «qizillar» muxlislarining keskin noroziligiga va turli aktsiyalarga sabab bo'ldi.

Bugun «Liverpul» yangilangan rejani e'lon qildi:

2026/2027 yilgi mavsum uchun narxlar, avval kelishilganidek, 3 foizga oshadi.

2027/2028 yilgi mavsum uchun esa narxlar muzlatib qo'yiladi (o'zgarishsiz qoladi).

Kelgusi yillar uchun mo'ljallangan rejalar «Liverpul» Muxlislar kengashi bilan alohida muhokama qilinadigan bo'ldi.