«Liverpul» maydon markazini kuchaytira oladigan futbolchi topdi

APLning amaldagi g'olibi "Liverpul" tayanch yarim himoyachisi bilan shartnoma imzolamoqchi.
Goal portali xabariga ko'ra, "qizillar" bu yo'lda kelasi yozda "Liverpul" futbolchisi Adam Uorton bilan shartnoma imzolashga harakat qiladi. 21 yoshli angliyalik futbolchiga "Chelsi" va "Manchester Siti" ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Uorton hozirda Transfermarkt tomonidan 45 million evroga baholanmoqda. Uning "burgutlar" bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha mo'ljallangan.