«Liverpul» «Manchester Yunayted» va «Tottenxem»ning transfer maqsadi bo'lib turgan futbolchi bo'yicha so'rov yubordi

«Liverpul» klubi «Vest Xem» yarim himoyachisi Mateush Fernandeshni sotib olish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda.
«Qizillar» ehtimoliy transfer shartlarini bilish maqsadida portugaliyalik futbolchi bo'yicha so'rov yuborishdi, deya xabar beradi insayder Fabritsio Romano. Mersisaydliklar 21 yoshli futbolchining vakillari bilan ham aloqaga chiqishgan, biroq hozircha ish dastlabki muhokamalardan nariga o'tgani yo'q. Futbolchiga asosiy da'vogar sifatida hanuzgacha «Manchester Yunayted» va «Tottenxem» klublari qolmoqda, ularning qiziqishi ancha jiddiy tus olgan.
«Vest Xem» esa o'z yulduzi uchun avvalgidek 80 million funt sterling (taxminan 93 million evro) talab qilmoqda. Hozircha ushbu moliyaviy talabni bajarishga tayyor bo'lgan xaridor topilgani yo'q.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar