«Liverpul» mag'lubiyatga uchragan o'yinda Van Deyk rekord o'rnatdi

«Liverpul» markaziy himoyachisi Virjil van Deyk «Aston Villa»ga qarshi o'yinda dubl qayd etdi, biroq bu uning jamoasini mag'lubiyatdan (2:4) qutqarib qola olmadi. «Qizillar» sardori Angliya Premer-ligasining oxirgidan oldingi tur bahsining 51 va 91-daqiqalarida raqib darvozasini ishg'ol qildi.
Shu tariqa, niderlandiyalik futbolchining joriy chempionatdagi gollari soni 6 taga etdi – bu himoyachilar o'rtasidagi eng yaxshi ko'rsatkichdir. 34 yoshli markaziy himoyachi ushbu mavsumda raqiblar darvozasiga to'rt martadan yo'l topgan Malik Tiav, Mikki van de Ven, Kristian Romero va Daniel Munosni ortda qoldirishga muvaffaq bo'ldi.
Yakuniy tur oldidan «Liverpul» turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallab turibdi. 24 may kuni Arne Slot jamoasi mavsumning so'nggi o'yinida o'z maydonida «Brentford»ni qabul qiladi.