"Liverpul" "Lans" yarim himoyasi etakchisini sotib olmoqchi

"Lans" markaziy yarim himoyachisi Mamadu Sangare faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Xabarlarga ko'ra, 23 yoshli malilik futbolchini "Liverpul" o'z safiga qo'shib olmoqchi. "Nyukasl" ham 30 million evroga baholanayotgan futbolchini qo'lga kiritish uchun kurashadi.
Sangare joriy mavsumda barcha turnirlarda jami 37 ta o'yinda 3 ta gol urib, 4 ta assist berdi.