"Kristal Pelas" himoyachisi Maksens Lakrua faoliyatini top klubda davom ettirishi mumkin.

Mail Sport jurnalisti Lyuis Stilning so'zlariga ko'ra, "Liverpul" 26 yoshli futbolchini sotib olishga qiziqmoqda.

Himoyachi "qizillar"ning short-listida. Amaldagi Angliya chempioni shuningdek, "Bryugge"dan Joel Ordones, "Selta Vigo"dan Oskar Mingueza va "Brentford"dan Natan Kollinz variantlarini ham ko'rib chiqmoqda.

Maksens Lakrua 2024 yil yozida "Volftsburg"dan "Kristal Pelas"ga 18 million evro evaziga qo'shilgan edi. Uning shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi.