«Liverpul» Konatega o'rinbosar sifatida to'rtta himoyachidan birini tanlamoqda

«Liverpul» rahbariyati Ibraima Konate bilan xayrlashganidan so'ng jamoaning himoya chizig'ini yangilamoqchi. Frantsiyalik himoyachi faoliyatini Madridning «Real» klubida davom ettiradi.
Caught Offside nashri tarqatgan xabarga ko'ra, mersisaydliklar grandining qiziqishlari doirasida bir yo'la bir nechta futbolchi turibdi: Gonsalu Inasiu («Sporting»), Sem Byokema («Napoli»), Luka Vushkovich («Tottenxem») va Murillo («Nottingem Forest»).
Angliya Premer-ligasining yakunlangan mavsumida «Liverpul» 60 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida beshinchi o'rinni egalladi. Yangi mavsumdan boshlab «qizillar»ni ispaniyalik mutaxassis Andoni Iraola boshqaradi.