«Liverpul» vingeri Federiko Keza yozgi transfer oynasida sotib yuborilishi mumkin. Avvalgi yillarda bo'lgani kabi, italiyalik futbolchining yana o'z vataniga qaytishi haqidagi xabarlar faollashmoqda.

Calciomercato nashrining ma'lumotlariga ko'ra, «qizillar» 28 yoshli futbolchini taxminan 25 million evroga sotishga tayyor. Vaziyatni A Seriyaning ikki grandi — «Yuventus» va «Napoli» diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Federiko Keza 2024 yilning avgust oyida aynan «Yuventus»dan «Liverpul»ga o'tgan edi, biroq o'shanda mersisaydliklarga ancha arzonga — 12 million evroga tushgandi. Joriy mavsumda futbolchi Arne Slot jamoasi safinda barcha turnirlarda 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.