"Liverpul" Kezani qo'yib yuborishga tayyor

"Liverpul"ning Federiko Keza transferi bo'yicha pozitsiyasi ma'lum bo'ldi.
Avvalroq, "Yuventus" vingerni qishki transferlar davrida ijaraga olish borasida ingliz klubiga murojaat qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Janluka Di Martsioning ma'lumotiga ko'ra, "qizillar" futbolchini qo'yib yuborishga tayyor, faqat to'laqonli transfer huquqi asosida. Turinliklar afzal ko'rayotgan ijara varianti hozircha "Liverpul"ga qiziq emas.
Keza 2020 yildan 2024 yilgacha "Yuventus" sharafini himoya qilgan. Joriy mavsumda 28 yoshli italiyalik futbolchi APLda 15 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.