"Liverpul" bilan shartnoma imzolagan hujumkor yarim himoyachi Federiko Keza Turkiya chempionatida ishlash imkoniyatiga ega.

Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, italiyalik vingerning transferiga Istanbulning "Beshiktosh" klubi qiziqish bildirmoqda. "Burgutlar" Turkiyada transfer oynasi yopilgunga qadar Kezaning transferini rasmiylashtirishni maqsad qilgan.

"Liverpul" o'z navbatida ehtimoliy bitim bo'yicha pozitsiyasini ma'lum qildi. APL chempioni faqat Kezaning to'laqonli transferiga tayyor, mersisaydliklarni ijara qiziqtirmaydi.

Federiko joriy mavsumda uchta o'yin o'tkazib, bitta gol urdi.