Futbolchining "matraschilar" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida nihoyasiga etadi. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.

Qayd etish joizki, Lorente Chempionlar Ligasida "Liverpul" darvozasiga beshta gol urgan va ularning har biri "Enfild"da kiritilgan.

Joriy mavsumda Lorente barcha turnirlarda sakkizta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga bitta gol va bitta golli uzatma yozdirib qo'ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 20 million evroni tashkil etadi.