«Liverpul»ning italiyalik vingeri Federiko Keza joriy transfer oynasida hozirgi klubini tark etishi mumkin. Bu haqda Football Insider nashri xabar tarqatdi.

Jurnalistlarning ma'lumotlariga ko'ra, mersisaydliklar 28 yoshli futbolchiga o'ziga yangi jamoa izlashi uchun ruxsat berishgan. Federikoning Italiya chempionatiga qaytishi ehtimoli juda yuqori. U avvalroq A Seriyada Turinning «Yuventus» va «Fiorentina» klublari sharafini himoya qilgan edi.

Kezaning «qizillar» bilan amaldagi shartnoma majburiyatlari 2028 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan. Uning transfer bozoridagi bahosi 13 million evroni tashkil etadi.

Yakunlangan mavsumda vinger 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo'ygan.

Manba: Stadion.uz