«Liverpul» Isakning transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. Bu APL tarixidagi rekord transfer bo'ladi — Romano

«Liverpul» klubi «Nyukasl» bilan hujumchi Aleksandr Isakning transferi borasida kelishuvga erishgani haqida jurnalist Fabritsio Romano o'zining X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.
Manbalarga ko'ra, transfer summasi 130 mln funt (150 mln evro) ni tashkil qiladi. Bu APL tarixidagi eng qimmat transfer hisoblanadi. Bugun Isak uzoq muddatli shartnoma imzolashdan oldin tibbiy ko'rikdan o'tadi. Shartnoma bir necha oy oldin kelishib olingan.
Bunga qadar APL tarixidagi eng qimmat transfer «Bayer»dan «Liverpul»ga 125 mln evro evaziga o'tgan Florian Virtsga tegishli edi.
Isak 2022 yildan buyon «Nyukasl» safida to'p surib kelmoqda. Shu vaqt mobaynida u klub tarkibida barcha turnirlarda 109 o'yinda maydonga tushib, 62 ta gol urdi va 11 ta golli uzatma berdi.