"Liverpul" hujumida jiddiy muammolar paydo bo'ldi

"Liverpul" vingerlari Kodi Gakpo va Federiko Kezaning sog'lig'ida muammolar bor.
Mersisaydliklar seshanba kuni Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 6-turida "Inter" mehmoni bo'ladi.
"Qizillar" bosh murabbiyi Arne Slot matbuot anjumanida Keza betob ekanini aytdi. Agar italiyalik sog'ayib ketmasa, "rossonerilar"ga qarshi o'ynay olmasligini aytdi.
Mutaxassis, shuningdek, Kodi Gakpo bir necha hafta maydonga tusha olmasligini ma'lum qildi. Niderlandiyalik shanba kuni APL doirasida "Lids"ga qarshi o'yinda (3:3) jarohat olgan ekan.