«Liverpul» hujumchisi Anri bilan solishtirishlariga munosabat bildirdi

«Liverpul» hujumchisi Yugo Ekitike Frantsiya terma jamoasi sobiq forvardi Terri Anri bilan solishtirishlari haqida o'z fikrini bildirdi.
«Men ham u kabi o'yinchi bo'lishni istayman, lekin u — Terri Anri. Men hech qachon Anri kabi bo'la olmasdim. Men — bu menman. Uning o'yinidan ba'zi jihatlarni o'zlashtiraman, chunki u albatta men uchun namuna va kumir hisoblanadi. Men o'z tariximni yaratishni xohlayman.
Agar uning mahoratidan nimadir o'rgana olsam, bu ajoyib bo'lardi, chunki u juda ko'p gollar urgan», — dedi Ekitike.