"Liverpul" himoyachisini uzoq vaqtga yo'qotdi

"Liverpul" markaziy himoyachisi Jovanni Leoni "Sautgempton"ga qarshi kechgan Liga kubogi o'yinida xochsimon bog'lamini shikastlab olgani ma'lum bo'ldi.
Liverpool Echo xabariga ko'ra, italiyalik 18 yoshli futbolchi bu jarohati sabab 6-8 oyni o'tkazib yuboradi.
U mavsum oxirigacha safga qaytishga harakat qilib ko'rishi mumkin.
Leoni avgust oyida "Parma"dan 31 million evroga sotib olinganidan keyin jamoadagi debyut o'yinini o'tkazgan edi.