"Roma" chap qanot himoyachisi Kostas Tsimikasning ijarasini muddatidan oldin bekor qilish haqida o'ylamoqda.

Rimliklar 29 yoshli futbolchini avgust oyi oxirida "Liverpul"dan ijaraga olgan edi. Insayder Nikolo Skiraning ma'lum qilishicha, "bo'rilar" bosh murabbiyi Jan-Pero Gasperini gretsiyalikning o'yinlaridan norozi. Katta ehtimol bilan "Roma" yanvar oyida ijara shartnomasini bekor qiladi.

Kostas Tsimikas joriy mavsum Italiya jamoasi safida 11 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Liverpul" ham himoyachiga ishonmaydi, shuning uchun qishki transferlar vaqtida unga yangi klub topishga harakat qilib ko'rishadi. Transfermarkt portali lateralning narxini 18 mln evroga baholamoqda.