"Liverpul" himoyachisi Rimda!

"Liverpul" himoyachisi Kostas Tsimikas "Roma"ga o'tish uchun Rimga keldi.
Bu ma'lumot Football Italia nashri tomonidan tarqatildi. Tasdiq sifatida manba Tsimikasning aeroportdagi videosi bo'ldi.
29 yoshli himoyachi yaqin orada tibbiy ko'rikdan o'tadi. Muammo yuzaga kelmasa, yunon bu mavsumni “Roma”da ijara asosida o'tkazadi.