"Liverpul" himoyachisi rahbariyat taklifini rad etdi

"Liverpul" markaziy himoyachisi Ibrahima Konate klubni tekinga tark etishi mumkin.
Frantsiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi.
Marca xabariga ko'ra, Konate "Liverpul"ning yangi shartnoma bo'yicha uchinchi taklifini rad etgan. "Real Madrid" 26 yoshli futbolchi uchun asosiy da'vogar sanaladi va "qizillar" joriy mavsum oxirida tekin transfer muqarrarligini tan olishlari kerak.