"Liverpul" himoyachisi Konate "Manchester Siti" a'zosi Sherkiga baho berdi

"Liverpul" futbolchisi Ibraima Konate Frantsiya terma jamoasidagi jamoadoshi Rayan Sherki haqida qanday fikrda ekanini aytdi.
Iyun oyi boshida hujumkor yarim himoyachi "Lion"dan "Manchester Siti"ga o'tgandi. O'shanda u Frantsiya terma jamoasi safida debyut qilgan.
"Men "Manchester Siti"dagi Sherki va terma jamoadagi Sherki o'rtasida hech qanday farq ko'rmayapman. U juda yorqin o'yinchi, eski maktab vakili, tomoshabinlarni xursand qilishni yaxshi ko'radi. U ikkala oyog'ini ham yaxshi ishlatadi. Rayanda o'yinni kuchaytirishi mumkin bo'lgan ko'plab jihatlar bor - endi hamma narsa uning o'ziga bog'liq. U mehnat qilsa, futbolda ulkan marralarni zabt etishi mumkin," - deya Konatening so'zlarini keltiradi Le Parisien.
Yakshanba kuni "uchranglilar" JCh-2026 saralashining so'nggi turida Ozarbayjonga qarshi bahs olib boradi.